Kongo DR terma jamoasi himoyachisi Shansel Mbemba «Lill»ni erkin agent sifatida tark etgach, faoliyatini Saudiya Arabistonida davom ettiradi. 31 yoshli afrikalik futbolchi «Ad-Diriya» klubi bilan shartnoma imzoladi.
«Ushbu ajoyib sarguzasht uchun «Lill»ga minnatdorchilik bildiraman. Menga bildirgan ishonchi va ushbu buyuk klubga qo‘shilish imkoniyatini bergani uchun klub prezidentiga tashakkur aytmoqchiman.
Shuningdek, murabbiyga, xodimlarga, barcha jamoadoshlarimga, muxlislarga va klub xodimlariga mavsum davomidagi mehmondo‘stligi, qo‘llab-quvvatlagani va unutilmas lahzalar uchun minnatdorchilik bildiraman. Sizga kelajakda eng ezgu tilaklarni tilayman. «Lill» hamisha yuragimdan alohida o‘rin egallaydi», — deb yozdi Mbemba ijtimoiy tarmoqlarda.
Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 2 million yevroga baholamoqda.
O‘tgan mavsumda Mbemba barcha musobaqalarda 21 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. JCH-2026 da esa u to‘rtta o‘yinda qatnashib, bitta assistni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi.













