Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Rasman: «Arsenal» yarim himoyachisi «Everton»ga ko‘chib o‘tdi

Rasman: «Arsenal» yarim himoyachisi «Everton»ga ko‘chib o‘tdi

Baho:
+ | -

Daniya terma jamoasi yarim himoyachisi Kristian Nyorgor «Arsenal»dan «Everton»ga o‘tdi. 31 yoshli futbolchi «irislar» bilan ikki yillik shartnoma imzoladi.

«Bu ajoyib tuyg‘u. Men «Everton» futbolchisiga aylanganimdan juda baxtiyorman va xursandman. Bunga sabablar ko‘p edi. Menga o‘zgarishlar va maydonda muhimroq rol kerakligini his qildim. Devid Moyes hamda muzokaralarda qatnashgan klubning boshqa vakillari bilan gaplashganimda, klub loyihasi haqida eshitdim va bu meni juda qiziqtirib qo‘ydi. Bu yerga kelganimdan so‘ng esa bu tuyg‘u yanada kuchaydi», — dedi Nergor.

Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 5 million yevroga baholamoqda.

O‘tgan mavsumda Nyorgor barcha musobaqalarda 20 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Kiritildi: 08:27, 06.08.2026.
O'qildi: 944 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик