«Orlando Siti» Ligalar kubogi o‘yinida «Monterrey»ni mag‘lub etdi — 2:1. Uchrashuv Orlandodagi «Inter-end-Ko Stedium» stadionida bo‘lib o‘tdi.
Birinchi bo‘lim boshida Meksika jamoasi hisobni ochdi, ammo VAR golni bekor qildi. 27-daqiqada MLS klubi hujumchisi Antuan Grizmann gol urdi. Tanaffusdan so‘ng Tayriz Spayser Amerika jamoasining ustunligini oshirdi. Final xushtagi chalinishi oldidan «Monterrey» bitta to‘p kiritishga muvaffaq bo‘ldi — Ugo Keypers o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.
Har ikkala jamoa uchun bu musobaqaning ushbu mavsumidagi birinchi o‘yin edi.
Ligalar kubogi
«Monterrey» (Liga MX) — «Orlando Siti» (MLS) — 1:2 (0:1)
Gollar: Grizmann, 27 — 0:1. Spayser, 57 (pen) — 0:2. Keypers, 90+9 — 1:2.













