Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona - Andijon
06/08 20:00 Paxtakor - Buxoro
07/08 19:00 Surxon - Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al

Ruben Diash o‘zi bilan o‘ynagan eng past baholangan futbolchi kim ekanligini aytdi

Ruben Diash o‘zi bilan o‘ynagan eng past baholangan futbolchi kim ekanligini aytdi

Baho:
+ | -

«Manchester Siti» himoyachisi Ruben Diash sobiq sardor Bernardu Silvani o‘zi bilan bir maydonda to‘p surgan futbolchilar orasida eng munosib baholanmagan (past baho berilgan) o‘yinchi deb hisoblaydi.

Bernardu 2017 yilda klubga kelib qo‘shilganidan so‘ng «Siti» safida to‘qqiz mavsum o‘tkazdi va misli ko‘rilmagan muvaffaqiyatlar davrida Pep Gvardiolaning eng ishonchli futbolchilaridan biriga aylandi. Portugaliyalik yarim himoyachi Gvardiola qo‘l ostida boshqa har qanday futbolchidan ko‘ra ko‘proq o‘yinda maydonga tushdi hamda yarim himoyadan tortib qanotgacha bo‘lgan turli pozisiyalarda muhim rol o‘ynadi.

Bernardu klub ichida juda yuqori baholangan bo‘lsa-da, Diashning fikricha, uning ta’siri «Manchester Siti»dan tashqaridagilar tomonidan har doim ham to‘liq e’tirof etilmagan.

O‘zi bilan birga o‘ynagan eng munosib baholanmagan futbolchini aytish so‘ralganda, Diash shunday dedi: «Bernarduni aytish adolatdan bo‘ladi deb o‘ylayman.

Hozirda u erishgan barcha narsalar to‘liq anglab yetilgan va u klubda to‘qqiz yil o‘tkazib, endigina jamoani tark etgan bo‘lsa-da, ayniqsa o‘tgan mavsumda ko‘pchilik: «Oh, u aslida shuncha ishni amalga oshirgan ekan-a», deyayotganini his qildim. Bungacha esa shunchaki: «Eh, Bernardu-da», deyishardi.

Odamlar uning muvaffaqiyatimizga qanchalik chuqur ta’sir ko‘rsatganini bilmagandek tuyuladi, shuning uchun ma’lum ma’noda va uzoq vaqt davomida u adolatsiz ravishda past baholangan deb aytish to‘g‘ri bo‘ladi».

Kiritildi: 10:35, 06.08.2026.
O'qildi: 593 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик