Angliyaning «Tottenxem Xotspur» klubi himoyachisi Kristian Romero Ispaniyaning «Atletiko» Madrid klubiga o‘tishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Nikolo Skira X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berdi.
«Kuti Romero va Madridning «Atletiko» klubi o‘rtasida 2030 yilgacha mo‘ljallangan (yiliga 6 million yevro) va shartnomani 2031 yilgacha uzaytirish imkoniyati bilan prinsipial kelishuvga erishildi. «Atletiko» hozirda «Tottenxem» bilan bitim tuzish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. «Tottenxem» markaziy himoyachi uchun 40-45 million yevro olmoqchi, futbolchining o‘zi esa allaqachon sotilishini so‘ragan», — deb yozdi Skira.
Angliya chempionatining 2025/2026 yilgi mavsumida 28 yoshli Kristian Romero 23 ta o‘yin o‘tkazib, to‘rtta gol urdi va bitta golli uzatmaga mualliflik qildi. Shuningdek, uning hisobida Chempionlar Ligasida sakkizta o‘yin, bitta gol va ikkita uzatma bor.













