La Gazzetta dello Sport xabariga ko‘ra, "Inter" chap qanot himoyachisi Federiko Dimarko bilan uning kelajagini uzoq muddatga klubga bog‘lash maqsadida yaqin orada muzokaralar o‘tkazishni rejalashtirmoqda.
Uning amaldagi shartnomasi kelasi yili tugaydi (unda yana bir mavsumga uzaytirish varianti mavjud), ammo "neradzurri"lar uni 2030 yilgacha mo‘ljallangan yangi kelishuv bilan jamoada olib qolmoqchi.
Italiyalik chap qanot himoyachisi mavsumga tayyorgarlik o‘yinlarida ajoyib sport formasida ekanini ko‘rsatmoqda — u "Milan"ga gol urdi va "Manchester Siti"ga qarshi bahsda assistni o‘z hisobiga yozib qo‘ydi.
Kristian Kivu tizimining ajralmas bo‘lagi deb hisoblanadigan Dimarko o‘tgan mavsumda A Seriyada 7 ta gol urgan va 16 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan edi.













