«Arsenal» Dublindagi o‘rtoqlik uchrashuvida «Betis»ga mag‘lub bo‘ldi (1:3). Ispaniya klubi himoyachisi Ektor Belyerin o‘z sobiq jamoasi bilan to‘qnash keldi va bundan juda xursand bo‘ldi.
Belyerin o‘yindan keyingi intervyu vaqtida quvonchdan charaqlab turdi. U har doim «Arsenal»ga muxlislik qilganini va o‘yingacha bo‘lgan kunlarni sanayganini aytdi.
«Ushbu o‘rtoqlik o‘yini e’lon qilinganini eshitganimdan beri kunlarni sanardim! Men u yerda 10 yil o‘tkazdim va har doim yordam berishga harakat qildim. «Arsenal»ni o‘ziga munosib joyda ko‘rish juda yoqimli va oxir-oqibat ular bilan maydonda uchrashganimdan xursandman», dedi futbolchi.













