Kirish Ro'yxatdan o'tish
28/08 00:00 Barselona 2-0 Atletik Bilbao
28/08 22:00 Rasing 3-2 Elche
28/08 23:45 Milan 2-0 Venetsiya
29/08 00:00 Kristal Pelas 1-4 Manchester Siti
29/08 00:30 Alaves 1-0 Vilyarreal
29/08 16:00 Man. Yunayted - Ipsvich
29/08 16:30 Liverpul 2-2 Nottingem Forest
29/08 18:00 Surxon - Guliston
29/08 19:00 Neftchi - Paxtakor
29/08 19:00 Bornmut - Everton
29/08 19:00 Koventri Siti - Xall Siti
29/08 20:00 Levante - Betis
29/08 21:30 Tottenhem - Nyukasl
29/08 21:30 Fiorentina - Frozinone
29/08 21:30 Monsa - Udineze
29/08 21:30 Sassuolo - Torino
29/08 22:00 Real Sosyedad - Espanyol
29/08 23:45 Yuventus - Parma
30/08 00:30 Sevilya - Atletiko
30/08 18:00 So‘g‘diyona - Jayxun
30/08 18:00 Chelsi - Brayton
30/08 18:00 Lids - Brentford
30/08 18:00 Sanderlend - Fulhem
30/08 19:00 Navbahor - Nasaf
30/08 20:00 Real Madrid - Malaga
30/08 21:30 Napoli - Komo
30/08 22:30 Deportivo - Valensiya
30/08 23:45 Kalyari - Inter
30/08 23:45 Lasio - Jenoa

Bibisora Assaubayeva Samarqanddagi olimpiadada ishtirok etadi

Bibisora Assaubayeva Samarqanddagi olimpiadada ishtirok etadi

Baho:
+ | -

Xalqaro shaxmat federasiyasi (FIDE) 15–27-sentyabr kunlari O‘zbekistonning Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasida ishtirok etadigan Qozog‘iston ayollar terma jamoasi ro‘yxatini e’lon qildi. Bu haqda Sports.kz nashri xabar bermoqda.

2026-yilgi olimpiadada Qozog‘iston sharafini kattalar o‘rtasidagi ayollar reytingida 5-o‘rinni band etib turgan Bibisora Assaubayeva, shuningdek, o‘smir qizlar o‘rtasidagi jahon reytingida yuqori o‘rinlarni egallagan Alua Nurman (2-o‘rin), Meruyert Kamalidenova (4-o‘rin), Elnaz Kaliaxmet (22-o‘rin) hamda Zarina Nurgaliyeva (23-o‘rin) himoya qiladi. Jamoaga Pavel Kotsur sardorlik qilishi belgilangan.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yilda Budapeshtda bo‘lib o‘tgan avvalgi Butunjahon shaxmat olimpiadasida Qozog‘iston ayollar terma jamoasi tarixiy kumush medallarni qo‘lga kiritib, oltin medal uchun kechgan kurashda faqatgina Hindiston jamoasiga imkoniyatni boy bergan edi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, Samarqandda o‘tadigan 2026-yilgi olimpiadada jami 400 ta — ochiq turnirda 208 ta va ayollar o‘rtasidagi musobaqada 192 ta jamoa ishtirok etishi kutilmoqda. Bu ko‘rsatkich musobaqa tarixidagi mutlaq yangi rekord hisoblanadi. Tadbirning ochilish marosimi 15-sentyabr kuni bo‘lib o‘tadi, 16-sentyabrdan 27-sentyabrgacha esa ishtirokchilar klassik vaqt nazorati ostida Shveysarcha tizim bo‘yicha 11 tur doirasida o‘zaro bahs olib boradilar.

Manba: www.daryo.uz
Kiritildi: 16:47, 06.08.2026.
O'qildi: 967 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик