Vinger Yan Diomande klubni tark etgach, «RB Leypsig» muxlislariga murojaat qildi.
««Real»ga o‘tish — bu bolalikdagi orzuimning amalga oshishidir. Amaldagi shartnomaga qaramay, ushbu transferni amalga oshirishga imkon yaratgani uchun «RB Leypsig» rahbariyatidan minnatdorman. Birinchi kundan beri ko‘rsatilgan ajoyib qo‘llab-quvvatlash uchun muxlislarga rahmat. Bugun faoliyatimda yangi sahifa ochilmoqda. Ketish har doim qiyin, lekin Leypsigda o‘tkazgan vaqtimni abadiy yuragimda saqlayman. Kim biladi deysiz, balki kunlardan bir kun Chempionlar Ligasida yana ko‘rishib qolarmiz», — deyiladi Diomandening murojaatida.
Eslatib o‘tamiz, 6 avgust kuni «Real» ivuarlik vingerning o‘tganini rasman e’lon qildi. «RB Leypsig» tarkibida o‘tkazgan bir mavsum davomida Diomande 36 ta o‘yinda maydonga tushib, 13 ta gol urdi va 10 ta golli uzatma berdi.













