Kirish Ro'yxatdan o'tish
06/08 19:00 So‘g‘diyona 1-0 Andijon
06/08 20:00 Paxtakor 2-2 Buxoro
07/08 19:00 Surxon 0-1 Navbahor
07/08 19:30 Lokomotiv - Dinamo
07/08 20:00 Xorazm - Mash’al
08/08 19:00 Neftchi - Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor - OKMK
08/08 20:00 Nasaf - Qo‘qon-1912

PSV «Yuventus»ning sobiq futbolchisi bilan kuchaydi

PSV «Yuventus»ning sobiq futbolchisi bilan kuchaydi

Baho:
+ | -

PSV «Yuventus»ning sobiq yarim himoyachisi Filip Kostich bilan shartnoma imzolaganini rasman e’lon qildi.

33 yoshli serbiyalik futbolchi Eyndxoven klubi bilan ikki mavsumga mo‘ljallangan shartnoma tuzdi va 18-raqam ostida to‘p suradi.

«PSV men bilan bog‘langanida, aynan shu yerga o‘tishni xohlayotganimni darhol angladim. Ushbu o‘tishdan juda xursandman. Peter Bosh bilan suhbatdan so‘ng uning futbol g‘oyalari menga mos kelishiga va nihoyat ishonch hosil qildim. Ivan Perishich esa tinmay: «Kel, bu yer sanga yoqadi. Birgalikda barcha raqiblarga muammo tug‘diramiz», — deb aytardi», — PSV matbuot xizmati Kostichning so‘zlarini keltiradi.

Serbiyalik futbolchi faoliyati davomida «Radnichki 1923», «Groningen», «Shtutgart», «Gamburg», «Ayntraxt», «Yuventus» va «Fenerbaxche» klublarida to‘p surgan.

Kiritildi: 19:55, 06.08.2026.
O'qildi: 1110 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик