Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Akliush «PSJ» safiga ko‘chib o‘tganiga izoh berdi

Akliush «PSJ» safiga ko‘chib o‘tganiga izoh berdi

Baho:
+ | -

«Pari Sen-Jermen»ning yangi futbolchisi Magnes Akliush «Monako»dan Parij klubiga amalga oshirilgan transferi haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

«Pari Sen-Jermen»ga o‘tish — men uchun juda katta sharaf. Men Parij viloyatida o‘sganman, shu sababli bunday muhtasham klubga qo‘shilish imkoniyati men va oilam uchun juda katta ma’noga ega. Menga bildirgan ishonchlari uchun klub prezidenti Nasser Al-Xelayfiy, Luish Kampush va Luis Enrikega, shuningdek, bu yo‘lda meni qo‘llab-quvvatlagan barchaga minnatdorchilik bildiraman.

Ushbu libosni kiyishni, bu buyuk klubda rivojlanishda davom etishni va muxlislarimiz qarshisida «Pari Sen-Jermen» sharafini himoya qilib, bor kuchimni berishni intiqlik bilan kutyapman», — deya Akliushning so‘zlarini keltirmoqda klub rasmiy sayti.

24 yoshli fransuz 2031 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan shartnomaga imzo chekdi. Transfermarkt portali futbolchining transfer qiymatini 50 million yevroga baholamoqda.

2025/26 yilgi mavsumda Akliush barcha turnirlarda 43 ta o‘yinda maydonga tushib, 7 ta gol urgan va 11 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 08:25, 07.08.2026.
O'qildi: 499 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик