Kirish Ro'yxatdan o'tish

«Barselona» sobiq akademiya tarbiyalanuvchisining «Bryugge»ga o‘tishidan 4,8 mln yevro ishlab oladi

«Barselona» sobiq akademiya tarbiyalanuvchisining «Bryugge»ga o‘tishidan 4,8 mln yevro ishlab oladi

Baho:
+ | -

«Malyorka» vingeri Jan Virjilining Belgiyaning «Bryugge» klubiga kutilayotgan transferidan «Barselona» taxminan 4,8 million yevro daromad oladi.

Última Hora manbasiga tayanib Mundo Deportivo nashri xabar berishicha, 20 yoshli ispaniyalik futbolchining 12 million yevrolik transfer summasidan 40 foizi Kataloniya klubiga tegishli bo‘ladi.

Bir yil avval «Barsa» Virjilini «Malyorka»ga 3,5 million yevroga sotgan edi. Shu tariqa, «blaugrana» o‘z akademik tarbiyalanuvchisining sotuvlaridan umumiy hisobda 8,3 million yevro ishlab oladi. E’tiborlisi, Virjili «Barselona»ning asosiy jamoasi tarkibida biror marta ham maydonga tushmagan.

Virjili uchun kechgan kurashda «Bryugge» shartnomadagi 12 million yevrolik tovon pulini faollashtirib, «Ayaks»ni ortda qoldirdi. Agar «Malyorka» Segundaga tushib ketmaganida, futbolchining tovon puli 30 million yevroni tashkil etgan bo‘lardi.

Kiritildi: 08:37, 07.08.2026.
O'qildi: 1187 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик