Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Arsenal» Kristian Romero uchun kurashga qo‘shildi

«Arsenal» Kristian Romero uchun kurashga qo‘shildi

Baho:
+ | -

«Arsenal» Kristian Romeroning transferi uchun «Atletiko» va «Inter» o‘rtasidagi kurashga qo‘shildi, deb xabar beradi The Athletic.

Manbaga ko‘ra, «Tottenxem» «kanonirlar»ning o‘z himoyachisiga bo‘lgan qiziqishidan bexabar va o‘zining Shimoliy London derbisidagi azaliy raqibiga futbolchini sotishdan umuman manfaatdor emas. Shu sababli uning «Arsenal»ga o‘tish ehtimoli juda past baholanmoqda.

Shu bilan birga, «Inter» Romero transferi bo‘yicha «Tottenxem» bilan 40 million yevro evaziga og‘zaki kelishuvga erishgan, ammo argentinalik futbolchining o‘zi bilan hali muzokaralarni yakunlamagan.

O‘tgan APL mavsumida Kristian 23 ta o‘yinda maydonga tushib, 4 ta gol urgan va 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan.

Kiritildi: 08:56, 07.08.2026.
O'qildi: 746 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик