Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Sizlarni yaxshi ko‘raman!»: Vinisius «Real»da qolganidan so‘ng hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi (FOTO)

«Sizlarni yaxshi ko‘raman!»: Vinisius «Real»da qolganidan so‘ng hissiyotlari bilan o‘rtoqlashdi (FOTO)

Baho:
+ | -

«Real» braziliyalik vinger Vinisius Junior bilan yangi shartnoma imzolanganini rasman e’lon qildi. Yangi kelishuv 2032 yilning 30 iyunigacha mo‘ljallangan.

Ushbu xabardan so‘ng 26 yoshli futbolchi Instagram tarmog‘idagi storis bo‘limida klub rahbariyati, bosh murabbiy va jamoadoshlariga minnatdorchilik bildirdi:

«Sizlarni yaxshi ko‘raman! Rahmat, prezident [Peres], Mourinyo, Juni [Kalafat], Xose Anxel [Sanches], futbolchilar va butun klub», — deb yozdi Vinisius.

(Ma’lumot uchun: Juni Kalafat — «Real»ning bosh skauti, Xose Anxel Sanches — klub bosh direktori, Joze Mourinyo esa jamoaning yangi bosh murabbiyi hisoblanadi).

26 yoshli futbolchi «qirollik klubi» safida 2018 yildan beri to‘p surib kelmoqda. U shu vaqtgacha 375 ta o‘yinda 128 ta gol urgan, 100 ta golli uzatmani amalga oshirgan hamda klub bilan 14 ta sovrinni, jumladan 2 marta Chempionlar Ligasi va 3 marta La Liga chempionligini qo‘lga kiritgan.

Kiritildi: 09:14, 07.08.2026.
O'qildi: 877 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик