Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Sporting» va «Nottingem Forest» Diomande transferi bo‘yicha kelisha olishmadi

«Sporting» va «Nottingem Forest» Diomande transferi bo‘yicha kelisha olishmadi

Baho:
+ | -

Maisfutebol nashrining xabar berishicha, Lissabonning «Sporting» hamda Angliyaning «Nottingem Forest» klublari himoyachi Usman Diomandening transferi bo‘yicha kelishuvga erisha olishmadi.

Kot-d'Ivuarlik 22 yoshli markaziy himoyachining transferi taxminan 40 million yevro atrofida muhokama qilinayotgan edi, ammo ikki klub rahbariyati o‘rtasida yuzaga kelgan jiddiy kelishmovchilik sababli muzokaralar to‘xtatildi.

Manbalarning ta’kidlashicha, ushbu yozda transfer qayta tiklanishi uchun tomonlar o‘rtasidagi munosabatlar keskin ijobiy tomonga o‘zgarishi kerak.

Muzokaralar davom etayotgan bir vaqtda Diomande «Sporting»ning mavsum oldi barcha o‘rtoqlik o‘yinlarini o‘tkazib yubordi.

Agar vaziyat o‘zgarishsiz qolsa, 2030 yilning iyun oyigacha amal qiladigan shartnomaga ega bo‘lgan futbolchi tez orada Rui Borjes boshchiligidagi asosiy jamoa mashg‘ulotlariga qaytadi.

Kiritildi: 12:41, 07.08.2026.
O'qildi: 623 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик