Kirish Ro'yxatdan o'tish
26/09 11:00 Xitoy 3-0 Tailand
26/09 15:30 Yaponiya 1-0 KXDR

«Galatasaroy» Leau uchun yangi taklif tayyorlamoqda

«Galatasaroy» Leau uchun yangi taklif tayyorlamoqda

Baho:
+ | -

Jurnalist Sasha Tavolyerining xabar berishicha, Turkiyaning «Galatasaroy» klubi «Milan»ning 27 yoshli portugaliyalik hujumchisi Rafael Leauning transferi bo‘yicha muzokaralarni davom ettirmoqda.

Istanbul grandi yaqin soatlar ichida «Milan»ga yangi va yaxshilangan taklif bilan chiqishi kutilmoqda. Manbaning ta’kidlashicha, Leauning o‘zi ham faoliyatini «Galatasaroy»da davom ettirishga qiziqish bildirgan va klub bilan shaxsiy shartnoma shartlarini kelishib olishga yaqin turibdi.

Avvalroq «Milan» turiklarning 35 million yevrolik dastlabki taklifini rad etgani haqida mish-mishlar tarqalgan edi.

O‘tgan mavsumda 27 yoshli vinger «rossoneri» tarkibida barcha musobaqalarda 31 ta o‘yinda maydonga tushib, 10 ta gol urgan va 3 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Kiritildi: 13:41, 07.08.2026.
O'qildi: 847 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик