«Pari Sen-Jermen» 2027 yilning yozida darvozabonlardan biri — Matvey Safonov yoki Lukas Shevalyeni sotishi mumkin.
Parijliklar «Parma» darvozaboni Zion Suzukining transferiga taxminan 35 mln yevro evaziga yaqin turishibdi. Yapon futbolchisi 2026/27 yilgi mavsumni «Yuventus»da ijarada o‘tkazishi mumkin.
«PSJ»ning rossiyalik darvozaboni Matvey Safonov ayni damda birinchi raqamli darvozabon hisoblanadi. Klub uning va Shevalyening kelajagi bo‘yicha qarorni 2026/27 yilgi mavsum yakunlariga ko‘ra qabul qiladi.













