«Atletiko Madrid» hujumchisi Xulian Alvares hali ham «Barselona»ning transfer nishonida bo‘lib turibdi. Bu haqda El Partidazo de COPE nashri xabar bermoqda.
Manba bergan ma’lumotlarga ko‘ra, Alvares «Atletiko» rahbariyatiga «Barselona»ga o‘tish istagini bildirib, klublar o‘rtasidagi muzokaralarni boshlash tashabbusi bilan chiqmoqchi. Shuningdek, kataloniyaliklar «Manchester Siti» yarim himoyachisi Rodrining transferini ham imkon qadar tezroq hal qilishga harakat qilayotgani ta’kidlanmoqda.
2025/26 yilgi mavsumda Alvares «matraschilar» tarkibida barcha turnirlarda 49 ta o‘yinda maydonga tushib, 20 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Transfermarkt portali JCH-2026 vise-chempioni bo‘lgan 26 yoshli argentinalik forvardni 120 million yevroga baholamoqda.













