Kirish Ro'yxatdan o'tish
22/09 10:00 Vyetnam 0-2 O‘zbekiston
22/09 10:00 Filippin 2-1 Kuvayt
22/09 15:00 Janubiy Koreya 2-0 Saudiya Arabistoni
23/09 10:30 Xitoy 0-0 BAA
23/09 10:30 Eron 1-4 KXDR
23/09 15:30 Yaponiya 3-0 Tailand
23/09 15:30 Qirg‘iziston 4-0 Gonkong

Meksika futbol federasiyasi FIFA rahbarini himoya qilib chiqdi

Meksika futbol federasiyasi FIFA rahbarini himoya qilib chiqdi

Baho:
+-1 | -1

Meksika futbol federasiyasi (FMF) FIFA prezidenti Janni Infantinoni qo‘llab-quvvatlab chiqdi.

Rasmiy bayonotda tashkilot amaldagi institutlar va belgilangan proseduralarni chetlab o‘tgan holda boshlanadigan jarayonlarni tan olmasligi va ma’qullamasligini ta’kidladi.

«FMF prezident Infantinoning 5 avgustdagi FIFAga a’zo 211 ta assosiasiya manfaati yo‘lida futbolni jamoaviy tarzda rivojlantirishni davom ettirish haqidagi da’vatini qo‘llab-quvvatlaydi. FMF institusional mustahkamlash orqali futbolni yanada rivojlantirishda prezident Infantinoni qo‘llab-quvvatlaydi», — deyiladi bayonotda.

Avvalroq Fifa Forward Enterprise loyihasi atrofidagi mojarodan so‘ng FIFA rahbariga bo‘lgan bosim kuchaygan edi. FIFA o‘z tijorat biznesining 21 foizini Thrive Capital fondiga 4,2 milliard dollarga sotishni rejalashtirgan, ammo keng ko‘lamli tanqidlardan so‘ng bitimdan voz kechgan edi. Shu bilan birga, UYEFA Infantinoning iste’foga chiqishiga erishishda davom etmoqda.

Kiritildi: 13:59, 07.08.2026.
O'qildi: 808 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик