«Brayton» bosh direktori Pol Barber klubning hujumchi Denni Uelbekni «Chelsi»ga qo‘yib yuborish borasidagi qarorini tushuntirib berdi.
London klubi forvard bilan 1 avgust kuni shartnoma imzoladi. Kelishuv ikki yilga mo‘ljallangan. Noyabrda Uelbek 36 yoshga to‘ladi. Denni 2020 yildan beri «Brayton» sharafini himoya qilib kelayotgan edi.
«Biz ushbu vaziyat atrofidagi silkinishlarni tushunib turibmiz — o‘zimiz ham shunday munosabatdamiz, chunki Denni ajoyib va olti yil davomida shunday bo‘lib qoldi. Ammo biz vaziyatga biznes nuqtai nazaridan pragmatik qarashimiz va oldindagi mavsumda Fabian Xyurseler tarkibining imkoniyatlari haqida o‘ylashimiz kerak.
Agar biz Dennini dastlabki to‘rt-beshta o‘yinda asosiy tarkibda maydonga tushirganimizda va u jarohat olganida: «Nima uchun 36 yoshli o‘yinchiga tayanasizlar?» yoki «Bu aqlsizlik-ku, bu haqda avvalroq o‘ylashingiz kerak edi!» deydigan odamlar topilgan bo‘lardi.
Biz haqiqatan ham shu kabi narsalar haqida o‘ylaymiz va, albatta, hammasini juda sinchkovlik bilan tahlil qilamiz. Yakunda biz o‘z qarorimizni qabul qildik, Denni esa o‘z qarorini. Bu har ikkala tomon uchun ham to‘g‘ri bo‘ladi deb hisoblaymiz», — dedi Barber Goal nashriga.
O‘tgan mavsumda Uelbek barcha turnirlarda 40 ta o‘yin o‘tkazib, 14 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi. APLda forvard 13 marotaba raqiblar darvozasini ishg‘ol qildi — bu uning Angliya chempionatidagi bitta mavsum uchun faoliyatidagi eng yaxshi natijasidir.













