Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Atletiko» Kristian Romero bo‘yicha «Tottenxem» bilan muzokaraga kirishdi

«Atletiko» Kristian Romero bo‘yicha «Tottenxem» bilan muzokaraga kirishdi

Baho:
+ | -

Madridning «Atletiko» klubi «Tottenxem» himoyachisi Kristian Romeroning transferi bo‘yicha muzokaralarni boshladi. Bu haqda insayder Ben Jeykobs xabar bermoqda.

Argentinalik futbolchi o‘tgan yozdayoq Madrid klubiga o‘tishga qiziqish bildirgan edi. Joriy yozgi transfer oynasida uni o‘z safiga qo‘shib olish imkoniyatlarini Milanning «Inter» klubi ham o‘rganib chiqqan. Bundan tashqari, Romero nomzodi Londonning «Arsenal» klubi tomonidan ham muhokama qilingan.

Shunga qaramay, «Tottenxem» o‘z himoyachisini azaliy va prinsipial raqibiga sotish niyatida emas. «Shporlar» rahbariyati «Arsenal» tomonidan Romero bo‘yicha rasmiy so‘rov yuborilgani haqidagi xabarlarni ham inkor etmoqda.

28 yoshli argentinalik himoyachi 2021 yildan beri «Tottenxem» sharafini himoya qilib kelmoqda.

Kiritildi: 15:58, 07.08.2026.
O'qildi: 665 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик