«Barselona»ning braziliyalik vingeri Rafinya Dias Londonning «Tottenxem» klubi short-listidan joy oldi. Bu haqda Ispaniyaning El Nacional nashri xabar bermoqda.
Manba berayotgan ma’lumotlarga ko‘ra, «shporlar» hujum chizig‘ini kuchaytirish ustida ish olib bormoqda va aynan Rafinya nomzodini ko‘rib chiqishmoqda. Londonliklar ro‘yxatida «Liverpul» forvardi Kodi Gakpo ham bo‘lgan, biroq mersisaydliklar o‘z futbolchisini daxlsiz deb hisoblaydi va transfer bo‘yicha muzokaralar o‘tkazishni xohlamayapti.
Rafinyaga kelsak, futbolchining o‘zi «Barselona»ni tark etish niyatida emas va Kataloniya klubida qolishni istaydi. Shu sababli uning ingliz klubiga o‘tish ehtimoli juda past deb baholanmoqda.
O‘tgan mavsumda braziliyalik vinger barcha turnirlarda 33 ta o‘yinda maydonga tushib, 21 ta gol urgan va 7 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.













