Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Bavariya» nazorat o‘yinida «Aston Villa» ustidan g‘alaba qozondi

«Bavariya» nazorat o‘yinida «Aston Villa» ustidan g‘alaba qozondi

Baho:
+ | -

«Bavariya» Gonkonggi mavsumga tayyorgarlik doirasidagi nazorat o‘yinida «Aston Villa»ni mag‘lub etdi (2:1).

Vensan Kompani jamoasi 37-daqiqada hisobni ochdi — Kim Min Chje o‘z nomini tabloga yozdirib qo‘ydi.

Ikkinchi bo‘limda myunxenliklar farqni oshirishdi — Ariyon Ibragimovichning uzatmasidan so‘ng Luis Dias gol urdi.

83-daqiqada «Aston Villa» bitta to‘p kiritdi — uning muallifi ushbu yozda «Vulverxempton»dan 40 million yevro evaziga o‘tgan Joau Gomesh bo‘ldi.

«Bavariya» o‘zining navbatdagi nazorat o‘yinini 15 avgust kuni «RB Leypsig»ga qarshi o‘tkazadi. «Aston Villa» esa o‘z navbatida, kelayotgan chorshanba, 12 avgust kuni «PSJ»ga qarshi UYEFA Superkubogi uchun kechadigan o‘yin bilan yangi mavsumni rasman ochadi.

«Bavariya» 2026/27 yilgi mavsumni Germaniya Superkubogi uchun «Borussiya D»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi. Bellashuv 22 avgust kuni bo‘lib o‘tadi.

Kiritildi: 19:11, 07.08.2026.
O'qildi: 772 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик