«Yuventus» bosh murabbiyi Luchano Spalletti «Inter»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini oldidan o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Uchrashuv 8 avgust kuni Avstraliyada bo‘lib o‘tadi.
«Ertangi kabi o‘yinlar jamoaning xarakterini ko‘rsatib beradi. Aynan shunday bahslarda to‘g‘ri yo‘ldan borayotganimiz ayon bo‘ladi. «Inter» — juda jiddiy raqib, shu sababli butun o‘yin davomida bir tan-bir jon bo‘lib harakat qilishimiz, o‘z rejamiz va kayfiyatimizga qat’iy amal qilishimiz hamda raqibga hatto kichik ustunlikni ham bermasligimiz kerak. Biz uchun ahil va jipslashgan jamoa bo‘lib qolish muhim.
Asosiy tarkibni tanlashda nafaqat futbolchilarning mashg‘ulotlarda qanday ishlayotganini, balki parvozlar, soat mintaqalarining o‘zgarishi va boshqa omillarni ham hisobga olishim kerak. Kenan Yildizga kelsak, uning vaziyatida ham yuqoridagilarning barchasini e’tiborga olishim zarur. Ertaga ertalab kimga dam olish kerakligi, kimga esa yo‘qligini muhokama qilamiz, shu sababli yakuniy qarorni o‘yin boshlanishidan oldin qabul qilishni afzal ko‘raman. Reja shunday — u bir bo‘lim o‘ynaydi», — dedi murabbiy klub rasmiy saytiga.













