Kirish Ro'yxatdan o'tish
09/09 18:30 OKMK 1-3 Paxtakor
09/09 19:00 Neftchi 2-1 Surxon
09/09 20:00 Nasaf 3-0 Bunyodkor
09/09 21:45 Barselona 5-1 Feyenoord
09/09 21:45 Shtutgart 3-1 Viking
09/09 23:59 Liverpul - Atletiko
09/09 23:59 Napoli - Arsenal
09/09 23:59 PSJ - Sporting
09/09 23:59 Sporting - Galatasaroy
10/09 19:00 Dinamo - Qizilqum
10/09 19:00 Andijon - Qo‘qon-1912
10/09 20:00 Xorazm - So‘g‘diyona
11/09 19:00 Lokomotiv - Mash’al
11/09 19:00 Buxoro - Navbahor

«Napoli» «Chelsi» himoyachisini sotib olmoqchi

«Napoli» «Chelsi» himoyachisini sotib olmoqchi

Baho:
+ | -

«Napoli» Benua Badiashil transferi bo‘yicha «Chelsi» bilan muzokaralarni muhokama qilmoqda.

Neapol klubi «Chelsi»ning 25 yoshli markaziy himoyachisi Benua Badiashilni o‘z safiga qo‘shib olish maqsadida londonliklar bilan muzokaralarning yangi bosqichini o‘tkazmoqda. Italyan klubi himoyachi uchun eng maqbul ijara shartnomasi formulasini topmoqchi.

Xabarlarga ko‘ra, «Chelsi» ma’lum shartlar bajarilgan taqdirda, majburiy sotib olish huquqi bilan ijara kelishuviga rozi bo‘lishi mumkin. Biroq kelishuvning aniq moliyaviy va huquqiy formulasi hozircha muzokaralardagi asosiy bahsli nuqta bo‘lib turibdi. Payshanba va juma kunlari ushbu transfer bo‘yicha hal qiluvchi muhokamalar o‘tkazilishi kutilmoqda.

Shu bilan birga, «Napoli» muqobil variant sifatida «Marsel»ning 30 yoshli marokashlik himoyachisi Nayef Agerdni ham kuzatmoqda. Ammo Agerd uchun Ispaniyaning «Real Sosyedad» klubi ham faol kurash olib bormoqda va da’vogarlar orasida peshqadamlik qilmoqda.

Kiritildi: 19:22, 07.08.2026.
O'qildi: 884 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик