«Kristal Pelas» Yaponiya terma jamoasi himoyachisi Takexiro Tomiyasuning transferini e’lon qildi.
27 yoshli futbolchi muvaffaqiyatli ko‘rik davridan so‘ng London klubiga kelib qo‘shildi va Oskar Mingesadan so‘ng Pyer Saj jamoasining shu yozdagi ikkinchi yangi a’zosiga aylandi.
Avvalroq Tomiyasu to‘rt yil davomida APLda «Arsenal» sharafini himoya qilgan, o‘tgan mavsumning ikkinchi yarmini esa «Ayaks»da o‘tkazgan edi.
Yozda himoyachi 2026 yilgi Jahon chempionati uchun Yaponiya terma jamoasi qaydnomasidan o‘rin oldi. Uning hisobida milliy terma jamoa libosida 46 ta o‘yin bor.
«Kristal Pelas»da Tomiyasu 17-raqam ostida to‘p suradi.
«Boshlayotganimdan xursandman. Hozirda klub ikki mavsumda uchta trofeyni qo‘lga kiritib, yaxshi davrni boshidan kechirmoqda. Men aynan shu yerda bo‘lishni xohlagan edim», — dedi yapon futbolchisi.













