Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Manchester Yunayted» «PSJ»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun 22 kishilik qaydnomani tasdiqladi

«Manchester Yunayted» «PSJ»ga qarshi o‘rtoqlik o‘yini uchun 22 kishilik qaydnomani tasdiqladi

Baho:
+ | -

«Manchester Yunayted» klubi Shvesiyaning Gyoteborg shahrida «PSJ»ga qarshi o‘tkaziladigan mavsum oldi o‘rtoqlik uchrashuviga yo‘l oladigan 22 nafar futbolchidan iborat tarkibni e’lon qildi.

Jamoaning to‘liq qaydnomasi:

  • Darvozabonlar: Tom Xiton, Dermot Mi, Fred Xit.

  • Himoyachilar: Garri Amass, Den Armer, Patrik Chinazayekpere Dorgu, Diogu Dalot, Eyden Xeven, Xarri Maguayr, Nussair Mazraui, Lyuk Shou, Leni Yoro.

  • Yarimhimoyachilar: Brunu Fernandesh, Djek Fletcher, Tayler Fletcher, Meyson Maunt, Andrey Santos, Yuri Tilemans.

  • Hujumchilar: Amad Diallo, Shi Leysi, Brian Mbeumo, Joshua Zirkzee.

Jamoaning ushbu tarkibi avvalgi nazorat o‘yinlaridagiga qaraganda ancha qisqartirilgan. Shunga qaramay, yangi xarid Yuri Tilemans ilk bor qaydnomaga kiritilgan bo‘lsa, Diogu Dalot, Brunu Fernandesh va Nussair Mazraui kabi yetakchilar ham safga qaytdi.

Maykl Kerrik bu safar akademiyaning ko‘plab yosh a’zolarini, jumladan Jey-Jey Gabrielni tarkibga kiritmadi.

Bundan tashqari, Senne Lammens va Mateus Kunya betoblik sababli Gyoteborgga uchib keta olishmadi. Klubning rasmiy sayti ma’lumotlariga ko‘ra, ular keyingi hafta Irlandiya Respublikasida bo‘lib o‘tadigan o‘quv-mashg‘ulot yig‘iniga qadar safga qaytishi kutilmoqda.

«PSJ»ga qarshi bahs shanba kuni, 8 avgust kuni Toshkent vaqti bilan soat 20:00 da Gyoteborgdagi «Ullevi» stadionida star oladi.

Kiritildi: 19:25, 07.08.2026.
O'qildi: 1339 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик