Belgiya terma jamoasi yarim himoyachisi Orel Mangala ijara huquqi asosida «Lion»dan «Xetafe»ga o‘tishi mumkin. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.
Hozirda Lionning «Olimpik» klubi maosh qaydnomasini yengillashtirish maqsadida bir qator futbolchilar bilan xayrlashishga harakat qilmoqda. Mangala yaqin orada sotib olish huquqisiz ijara shartnomasi asosida «Xetafe» safini to‘ldirishi kutilmoqda. Ispaniya klubi xavbek maoshining katta qismini o‘z zimmasiga oladi.
Mangalaning «Lion» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2028 yilning yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, belgiyalik o‘yinchining hozirgi bozor qiymati 9 million yevroni tashkil etadi. U o‘tgan klub mavsumidagi 15 ta o‘yinda bitta golli uzatmani amalga oshirgan.













