«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Bundesligani APLdan so‘ng ikkinchi eng kuchli chempionat deb hisoblaydi.
«Ligalar o‘rtasidagi bu kabi solishtirishlarning ko‘pchiligi juda oddiy: moliyaviy imkoniyatlarga qarash kerak. APL eng katta moliyaviy resurslarga ega, shu sababli u dunyodagi eng yaxshi liga hisoblanadi.
Men Bundesligani ikkinchi o‘ringa qo‘ygan bo‘lardim. Iste’dod darajasiga qaraydigan bo‘lsak, APL oldinda, chunki shuncha mablag‘ bilan juda ko‘p sondagi kuchli o‘yinchilarni sotib olish mumkin. Ammo Bundesliganing ham o‘z afzalliklari bor: ajoyib muxlislik madaniyati va deyarli har bir klubda paydo bo‘ladigan juda iste’dodli futbolchilar.
Hozirda APL ustunlikka ega, biroq Bundesliga — kuch bo‘yicha ikkinchi liga. Bu ko‘plab ajoyib o‘yinchilar va kuchli jamoalar to‘p suradigan juda qiziqarli chempionatdir», — dedi Kompani.













