Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Kompani mavsumga tayyorgarlik turnesi doirasida futbolchilarning o‘yiniga baho berdi

Kompani mavsumga tayyorgarlik turnesi doirasida futbolchilarning o‘yiniga baho berdi

Baho:
+ | -

«Bavariya» bosh murabbiyi Vensan Kompani Gonkongdagi «Kay Tak sport parki» stadionida «Aston Villa»ga qarshi o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinidan (2:1) so‘ng futbolchilarining Osiyo bo‘ylab mavsumdan oldingi turne doirasidagi ishtirokini baholadi. Avvalroq myunxenliklar Koreyaning «Chedju Yunayted» jamoasini ham mag‘lub etishgan edi (2:1).

«Ochig‘ini aytsam, barcha futbolchilarimizning o‘yini menda katta taassurot qoldirdi. Shuncha o‘yinchi hali jamoaga qaytmagan bir vaqtda maydonga tushish juda qiyin. Ayrim futbolchilar hali juda yosh, ularning ba’zilari bunday darajadagi jamoalarga qarshi umuman o‘ynashmagan. Misol uchun, Tim Binder va Maykon Kardosoga e’tibor qaratsangiz, ularning qanday himoyalangani va kurashganini ko‘rib, buning qanchalik murakkab ekanini tushunasiz.

Shuningdek, yarim himoyada Pavlovich, Bishof va zarur bo‘lgan har qanday pozisiyada yordam berayotgan Laymer bilan ko‘rsatgan energiyamiz juda muhim. Biz ushbu o‘yinchilarni rivojlantirish uchun ko‘p vaqt va kuch sarfladik. Bu qilingan mehnatlarimizning bir turidagi mukofotidir. Men mamnunman», — dedi Kompanining so‘zlarini keltirgan Bayern & Germany ijtimoiy tarmoqlarda.

Kiritildi: 20:48, 07.08.2026.
O'qildi: 838 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик