«Real»ning sobiq hujumchisi Xavyer Ernandes «Al-Hilol» forvardi Karim Benzema klassik markaziy hujumchilardan nimasi bilan farq qilishini aytib berdi.
«Men u bilan ko‘proq vaqt birga o‘ynashni xohlagan bo‘lardim. U «Real»ning markaziy hujumchisi bo‘la olishini isbotladi, ko‘plab gollar urdi va «Oltin to‘p»ni qo‘lga kiritdi.
Lekin men baribir uni oddiy to‘qqizlik deb atay olmayman. Bu hurmatsizlik emas, aksincha. Men uchun u hamisha Zidanga xos ruhga va hujumchi fikrlashiga ega bo‘lgan «o‘nlik» bo‘lib kelgan — men Karimni «to‘qqiz yarim» deb atagan bo‘lardim. Uning o‘yinini tomosha qilish juda yoqimli edi.
Ronaldu va Beyl bir-biriga o‘xshash edi: ular juda samarali, keskin va chaqmoqdek tez harakat qilishardi — ikki soniya ichida seni yo‘q qilib tashlashlari mumkin edi.
Karim bilan esa hammasi boshqacha edi. Hatto mashg‘ulotlarda ham u nozik uzatmalar berishini, harakatlanishini va o‘yin ritmini his qilishini kuzatish zavq bag‘ishlardi. Bu borada men uni Zidan bilan solishtiraman», — dedi Chicharito Rio Ferdinand bilan suhbatda.













