Ispaniya Superkubogi-2027 o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan bir nechta manzillar nomi ma’lum qilindi.
Turnir kelasi yilning fevral oyida bo‘lib o‘tadi. Unda Ispaniya chempioni «Barselona», mamlakat Kubogi sohibi «Real Sosyedad», La Liga vise-chempioni «Real» va Kubok finalchisi «Atletiko» ishtirok etadi.
As nashri xabariga ko‘ra, musobaqani o‘tkazish uchun eng ehtimoliy joy sifatida Mayami ko‘rilmoqda. Favoritlar ro‘yxatida ikkinchi o‘rinni Istanbul, uchinchi o‘rinni esa Qatar egallab turibdi. Superkubok o‘yinlari qayerda bo‘lib o‘tishi bo‘yicha qaror kelasi payshanba kuni qabul qilinishi mumkin.
Eslatib o‘tamiz, so‘nggi yillarda turnirga Saudiya Arabistoni mezbonlik qilayotgan edi, ammo 2027 yilning qishida u yerda Osiyo Kubogi bo‘lib o‘tadi, shu sababli Ispaniya Superkubogi ushbu mamlakatda o‘tkazilmaydi.
«Barselona» ushbu sovrinni 16 marta, «Real» 13 marta, «Atletiko» 2 marta, «Real Sosyedad» esa 1 marta qo‘lga kiritgan.













