Kirish Ro'yxatdan o'tish
04/09 00:00 Real Sosyedad 0-0 Selta
04/09 18:00 Bunyodkor 0-1 Surxon
04/09 19:00 Navbahor 1-1 Lokomotiv
04/09 19:00 Nasaf 6-2 Neftchi
04/09 20:15 Paxtakor 3-0 Andijon
04/09 23:45 Jenoa 1-4 Komo
05/09 00:00 Betis 1-0 Real Madrid
05/09 00:00 Ipsvich 0-2 Liverpul
05/09 16:30 Nyukasl 2-2 Bornmut
05/09 18:00 Qo‘qon-1912 1-1 Dinamo
05/09 18:00 So‘g‘diyona 5-2 Mash’al
05/09 18:00 Fiorentina 1-2 Torino
05/09 19:00 Brentford 1-1 Sanderlend
05/09 19:00 Brayton 1-1 Lids
05/09 19:00 Fulhem 2-3 Kristal Pelas
05/09 19:00 Manchester Siti 1-0 Koventri Siti
05/09 19:00 Nottingem Forest 0-0 Tottenhem
05/09 19:15 Atletik Bilbao 3-0 Atletiko
05/09 20:15 Qizilqum 3-2 Buxoro
05/09 21:00 Inter - Napoli
05/09 21:30 Rayo Valyekano - Rasing
05/09 21:30 Xall Siti - Aston Villa
05/09 23:45 Roma - Atalanta
06/09 00:00 Vilyarreal - Deportivo
06/09 18:00 Everton - Man. Yunayted
06/09 18:00 Frozinone - Venetsiya
06/09 18:00 Parma - Monsa
06/09 19:15 Valensiya - Barselona
06/09 20:30 Arsenal - Chelsi
06/09 21:00 Bolonya - Sassuolo
06/09 21:30 Osasuna - Alaves
06/09 21:30 Malaga - Levante
06/09 23:45 Yuventus - Milan
07/09 00:00 Espanyol - Sevilya

Mirko Yelichich: «Bugun «Dinamo» bizdan yaxshiroq o‘ynadi»

Mirko Yelichich: «Bugun «Dinamo» bizdan yaxshiroq o‘ynadi»

Baho:
+ | -

«Lokomotiv» bosh murabbiyi Mirko Yelichich «Dinamo»ga qarshi uchrashuvdan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etib, bahs, qizil kartochkalar, futbolchilarning jismoniy holati va Jasurbek Yaxshiboyev haqida fikr bildirdi.

– Bugungi o‘yin haqida fikrlaringiz?

– Og‘ir o‘yin bo‘ldi. «Dinamo»ga qarshi doimo yaxshi o‘yinlar bo‘lgan. Bu jamoa ochiq o‘yin namoyish qilishga tayyor. Biz ham shunday ochiq o‘yin ko‘rsatadigan jamoamiz. Bu kabi o‘yinlar ham bo‘lib turadi, bugun raqib bizdan yaxshiroq o‘ynadi. Yaxshi o‘yin ko‘rsata turib, 3 ochkoni boshqasi olishi, albatta, yoqimli emas. Chiroyli o‘yin ko‘rsatgani uchun raqiblarni tabriklayman. Biz esa oldinga intilishda davom etamiz.

– O‘tgan o‘yinda Aleksey Kozlovning qizil kartochkasidan keyin rejalarda o‘zgarishlar bo‘ldimi?

– Bu haqda gapirish juda qiyin. Nikita Shevchenko bunday o‘yinlarda o‘ynamagan va, albatta, bosimni his qilishi tabiiy. O‘yinni xato bilan boshlagandan keyin u o‘ziga kelishi qiyin bo‘ldi.

– Kozlov sportga xos bo‘lmagan harakat uchun qizil olgandi. Oldinroq Abdulloh Yo‘ldoshev ham shu kabi janjal qilib, chetlashtirilgandi. Bu Sizni xavotirga solmayaptimi?

– Yo‘q. Bu kichik vaziyatlar. Abdulloh bilan bu borada gaplashganmiz va o‘ziga xulosalarni chiqarib olgan. Ammo u o‘tgan o‘yinda o‘tkazib yuborilgan ikkinchi golda aybdor. «Bunyodkor» bilan o‘yindan keyingi holatda esa aybdorlar ko‘p. Kozlov esa reaksiya ko‘rsatdi va bu millisoniyalarda amalga oshdi. Odam bu kabi holatlar orqali o‘ziga dars oladi. Mavsum davomida 15 o‘yinda maydonga tushgan futbolchi uchun ko‘p narsalarni tushuntirish ham shart emas.

– Bugungi o‘yinni Suxrob Nurulloyev o‘ng qanotda zo‘r o‘tkazayotgandi, chap qanotda esa o‘zini ko‘rsata olmadi.

– Uning qanotidagi raqiblariga qaradik. Bunday holatlarda kimni ko‘proq ishlata olishimizni qarab ko‘rdik. Suxrobga qanday vazifalar berayotgan bo‘lsak, Shodiyorga ham shu vazifalarni bera olardik. Biz to‘p bilan bir chiziqda bo‘lishimiz kerak edi. Ular bu vazifalarni bajarishdi. Jaloliddin Jumaboyev baquvvat himoyachi va ayrim vaziyatlarda o‘zining texnikasini ham namoyish qila oladi. Suxrobni unga yaqinlashtirish orqali vaziyatni nazorat qildik. Menimcha, yomon bo‘lmadi.

– Vadim Abramov o‘tgan turdan keyin «Lokomotiv» biz bilan o‘yin oldidan ikki kun ko‘proq dam olishini aytgandi. Bu jamoaga qanchalik yordam berdi? Jamoaning charchab qolishi faqat menejerlik o‘yinlaridami?

– Buni endi sun’iy intellekt nazorat qilmoqda. Bunday narsalarga endi savol berish shart emas. Agar taqvimda kun ora o‘yin qo‘yib berilsa ham o‘ynashga majburmiz. Endi taqvim tuzishni biz nazorat qila olmaymiz. Taqvimga qarab mashg‘ulot jarayonini tuzamiz.

– Jasurbek Yaxshiboyev «Lokomotiv»da o‘zining eski holatiga qayta oladimi?

– Uning juda zo‘r imkoniyatlari bor. Lekin ayrim o‘yinlar bo‘ladiki, sendagi shu sifatlar kerak bo‘lmasligi mumkin. Unda jarohat bor edi va 12 kunlik davolanishdan so‘ng kechagina mashg‘ulotlarga qaytdi. Endi biz uni tarkibga jalb qilish ishlarini boshlaganmiz. Keyingi o‘yinlarda u jamoamizga yordam bera oladi.

Shunchaki, bugun uning o‘yini bo‘lmadi. Ba’zida bir davlat jamoasidan boshqa davlat jamoasiga o‘tsang, jismoniy holat boshqacha bo‘lishi mumkin. Hozir uning jismoniy holati yaxshi. O‘yinga tushib, hujumda ham, himoyada ham foyda keltira oladi.

O‘z vaqtida Masharipov, Sardor Rashidov bilan ham shunday bo‘lgan. O‘yinning borishiga qarab zaxiradan ham maydonga tushirilmagan. Biz o‘shanda to‘psiz o‘ynashga majbur edik. Biz uning sifatidan to‘g‘ri foydalanishga harakat qilamiz. Shunchaki, bugun biz himoyada o‘ynadik va bugun uning o‘yini emasdi.

Manba: lokomotiv.uz
Kiritildi: 06:44, 08.08.2026.
O'qildi: 882 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик