Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Infantinoning yana bir mojaroli qarori fosh etildi

Infantinoning yana bir mojaroli qarori fosh etildi

Baho:
+ | -

Xalqaro futbol assosiasiyalari federasiyasi (FIFA) prezidenti Janni Infantino Yevropa futbol assosiasiyalari ittifoqiga (UEFA) rahbarlik qilgan davrida sobiq mahbubasiga kompensasiya to‘lanishini ta’minlagan. Bu haqda The Telegraph xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, ayol UEFA ma’muriy apparatida ishlagan. Infantino bilan munosabatlari boshlanganidan so‘ng u rahbarlik lavozimiga ko‘tarilgan va maoshi 30 foizga oshib, 160 ming Shveysariya frankiga yetgan.

UEFAning sobiq prezidenti Mishel Platini Infantinoning ushbu xodima bilan taxmin qilingan munosabatlaridan noroziligini bildirgan. Natijada ayolning tashkilotdagi faoliyatini tugatish va unga kompensasiya to‘lashga qaror qilingan.

Infantinoning sobiq hamkasblari ta’kidlashicha, to‘langan kompensasiya miqdori «kamida olti xonali summa»ni tashkil etgan.

Bundan tashqari, UEFA ayolning yillik qiymati 45 ming funt sterling bo‘lgan MBA dasturida tahsil olish xarajatlarini ham qoplagan.

UEFA mazkur to‘lov amalga oshirilganini tasdiqladi va tashkilot Infantino bilan ushbu xodima o‘rtasida romantik munosabatlar bo‘lgani haqidagi mish-mishlardan xabardor bo‘lganini bildirdi. Federasiyada ichki qoidalar zamonaviy va nufuzli tashkilot standartlariga moslashtirish maqsadida «kuchaytirilgani»ni ta’kidlashdi.

Janni Infantino UEFAda 2000 yil avgustidan faoliyat yuritgan. U 2009–2016 yillarda tashkilot bosh kotibi lavozimida ishlagan. 2016 yil fevral oyida esa FIFA prezidenti etib saylangan.

Manba: championat.com
Kiritildi: 08:45, 08.08.2026.
O'qildi: 1570 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик