Argentina terma jamoasining chap qanot himoyachisi Nikolas Talyafiko jamoaning o‘tib ketgan Jahon chempionatidagi ishtiroki haqida o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Albiseleste» mundialda ketma-ket ikkinchi zafardan bir qadam olisda to‘xtadi. Lionel Skaloni jamoasi finalda qo‘shimcha bo‘limlar yakuniga ko‘ra Ispaniyaga imkoniyatni boy berdi (0:1).
«Biz ushbu Jahon chempionati bilan faxrlanishimiz kerak. Ketma-ket ikkita finalga yetib kelish, ikkita medalni qo‘lga kiritish — oson emas. Mag‘lubiyatni ham tan olishni bilish lozim. Bu medal sening oxirigacha yetganingni, bor kuchingni berganingni ko‘rsatadi. Bu juda katta ahamiyatga ega», – dedi klub darajasida «Lion» sharafini himoya qilayotgan 33 yoshli futbolchi.
Ispaniyaliklarning hal qiluvchi goli 106-daqiqada Ferran Torres tomonidan kiritildi.













