Leon Goretska «Bavariya»ni tark etganidan beri bir necha hafta o‘tgan bo‘lsa-da, hanuzgacha klubsiz qolmoqda — 31 yoshli futbolchi o‘ziga yangi jamoa topganicha yo‘q.
Avvalroq yarim himoyachi xizmatlariga «Barselona», «Arsenal», «Yuventus», «Milan», «Napoli» va «Atletiko Madrid» kabi Yevropaning bir qator grand klublari qiziqish bildirayotgani aytilgan edi, biroq hozirgacha hech qanday aniq taklif tushmagan.
Muzokaralar to‘xtab qolganiga Goretskaning moliyaviy talablari sabab bo‘lishi mumkin. Xabarlarga ko‘ra, Germaniya terma jamoasi a’zosi yiliga sof 7 million yevro maosh hamda taxminan 10 million yevro miqdorida shartnoma imzolash bonusini talab qilmoqda.
Uning yaqinda bo‘lib o‘tgan Jahon chempionatida kam o‘yin amaliyotiga ega bo‘lgani ham transfer bozoridagi imkoniyatlarini oshirmadi. Goreska turnirda bor-yo‘g‘i uch marta maydonga tushdi va SPORT BILD xabariga ko‘ra, o‘z rolidan norozi bo‘lgan.
Yarim himoyachi «Chikago Fayr» klubi tomonidan bo‘lgan taklifni rad etgan, chunki u Yevropada yuqori darajada o‘ynashda davom etmoqchi.
Goreskaning «Bavariya» bilan shartnomasi myunxenliklar safida o‘tkazilgan sakkiz yildan so‘ng iyun oyi oxirida tugadi, ammo uning keyingi manzili noaniqligicha qolmoqda.













