Saudiya Arabistonining «Al-Ahli» klubi yarim himoyachi Frank Kessyeni yana jamoaga qaytarish variantini ko‘rib chiqmoqda, deb xabar beradi jurnalist Rudi Galetti.
Manbaga ko‘ra, klub rahbariyati ivuariyalik futbolchining rasman ketishi e’lon qilinganidan bir necha hafta o‘tib, uni qayta taklif qilish imkoniyatini o‘rganmoqda. Biroq «Al-Ahli» ichida hamma ham ushbu g‘oyani qo‘llab-quvvatlamayapti.
Kessye «Al-Ahli» sharafini 2023 yildan 2026 yilgacha himoya qilgan. Ushbu davr mobaynida 29 yoshli yarim himoyachi barcha turnirlarda 119 ta uchrashuvda maydonga tushib, 26 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Oldinroq Frank Kessyening xizmatlariga Turinning «Yuventus» klubi ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabar berilgan edi.













