Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Klaveness Blatterning uni FIFA rahbarligiga nomzod sifatida ko‘rsatgani haqidagi bayonotini izohlashdan bosh tortdi

Klaveness Blatterning uni FIFA rahbarligiga nomzod sifatida ko‘rsatgani haqidagi bayonotini izohlashdan bosh tortdi

Baho:
+ | -

Norvegiya futbol federasiyasi prezidenti Lise Klaveness Yozef Blatterning uni FIFA rahbari lavozimiga nomzod sifatida ko‘rsatgani haqidagi bayonotiga izoh berishdan bosh tortdi.

Oldinroq Blatter bu lavozimda ayol kishi o‘z kuchini sinab ko‘radigan vaqt kelganini aytgan va Klavenessga xalqaro federasiyani Janni Infantino o‘rniga boshqarishni taklif qilgan edi.

«Men hali o‘yinchi bo‘lgan vaqtimda Blatter prezident edi. Uning ayollar kaltaroq shortiklarda o‘ynashini xohlagani yodimda va men bunga o‘shandayoq izoh berib bo‘lganman. Ammo uning bu yangi bayonotini izohlab o‘tirmayman», — dedi Klaveness NRK telekanali efirida.

FIFAning yangi prezidenti saylovi 2027 yilning mart oyida Marokashda bo‘lib o‘tadi. Hozirga qadar Infantino yagona nomzod bo‘lib turibdi.

Oldinroq UEFA, KONKAKAF va OFK Infantinoni lavozimidan chetlashtirishni xohlayotganini ma’lum qilgan edi. UEFA ushbu talab bajarilmaguncha FIFAning rasmiy turnirlariga boykot e’lon qilish bilan tahdid qildi.

Kiritildi: 14:08, 08.08.2026.
O'qildi: 608 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик