«Lokomotiv» hujumkor yarim himoyachisi Aleksey Batrakovning kelajagi hanuz so‘roq ostida qolmoqda.
Oldinroq xorij OAVlarida Turkiyaning «Galatasaray» klubi Batrakov bo‘yicha «Lokomotiv»ga 25 million yevro miqdoridagi yaxshilangan taklif yuborgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Ammo insayder Ivan Karpovning xabar berishicha, «temiryo‘lchilar»da haligacha Batrakov bo‘yicha rasmiy takliflar mavjud emas, garchi «Galatasaray»ga transfer istisno etilmagan bo‘lsa-da. Manbaga ko‘ra, Rossiya temir yo‘llari (RJD) vakillari yarim himoyachini 20-25 million yevroga sotishni xohlashmoqda, biroq «Lokomotiv» bosh direktori Boris Rotenberg futbolchini 30 million yevrodan kamiga qo‘yvorish niyatida emas.
Oldinroq Batrakovning agenti «Galatasaray»da 21 yoshli futbolchini sotib olish istagi borligini tasdiqlagan edi.













