Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

«Ayaks» «Napoli» vingeri Langga qiziqish bildirmoqda

«Ayaks» «Napoli» vingeri Langga qiziqish bildirmoqda

Baho:
+ | -

«Ayaks» «Napoli» vingeri Noa Langga jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Amsterdamliklar hozircha rasmiy taklif bilan chiqishgani yo‘q, ammo muzokaralarga tayyorgarlik ko‘rishmoqda. «Napoli» 27 yoshli futbolchining transferidan 25-30 million yevro ishlab olmoqchi.

Lang — «Ayaks» tarbiyalanuvchisi bo‘lib, faoliyati davomida «Tvente», «Bryugge» va «PSV» klublarida ham to‘p surgan. O‘tgan yozda vinger 25 million yevro evaziga «Napoli»ga o‘tgan edi. Noa o‘tgan mavsumning bir qismini ijara asosida «Galatasaray»da o‘tkazdi.

«Ayaks» o‘tgan mavsumda Niderlandiya chempionatida beshinchi o‘rinni egalladi, ammo undan keyingi pley-off o‘yinlari orqali Konferensiyalar Ligasi saralashiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Iyun oyi boshida «Jirona»ning sobiq ustozi Michel amsterdamliklar bosh murabbiyi etib rasman tayinlangan edi. «Ayaks» Eredivizining yangi mavsumini 9 avgust kuni «Zvolle»ga qarshi o‘yin bilan boshlaydi.

Kiritildi: 14:52, 08.08.2026.
O'qildi: 692 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик