«Fenerbaxche» «Atletiko» hujumchisi Aleksander Syorlotni sotib olish uchun kurashda peshqadamga aylandi, deb xabar beradi Goal Matteo Morettoga tayanib.
Madrid klubi 30 yoshli norvegiyalik futbolchini taxminan 40 million yevroga baholamoqda. Turkiya tomoni kerakli moliyaviy imkoniyatlarga ega, ammo hozircha «Atletiko»ning talablariga mos keladigan rasmiy taklif bergani yo‘q. Tomonlar o‘rtasida muzokaralar davom etmoqda.
Syorlotning sotilishi «Atletiko»ning transfer strategiyasida muhim o‘rin tutishi mumkin. Tushgan mablag‘ va bo‘shagan maosh vedomosti klubga Dushan Vlaxovich bilan shartnoma imzolash ustida yanada faolroq ishlash imkonini beradi.
Serbiyalik forvard iyun oyi oxirida «Yuventus» bilan shartnomasi yakunlangach, erkin agent maqomida turibdi. Madridliklar uni hujum chizig‘ida Syorlotning ehtimoliy o‘rinbosari sifatida ko‘rib chiqishmoqda.













