«Arsenal»ning yangi futbolchisi Bruno Gimaraes jamoa yarim himoyachisi Deklan Raysdan olgan xabarini oshkor qildi.
Eslatib o‘tamiz, «kanonirlar» 8 avgust kuni braziliyalik xavbek bilan mehnat shartnomasi imzolanganini rasman e’lon qildi. Gimaraes bunga qadar «Nyukasl» safida to‘p tepgan.
«Rays menga shunday deb yozdi: “Bu yerga kel va iltimos, endi boshqa janjallashmaymiz, endi do‘stmiz!” Uning menga yozganidan xursand bo‘ldim», — deya Gimaraesning so‘zlarini keltiradi «Arsenal» matbuot xizmati.
Avvalroq OAVda Bruno Gimaraesning transferi «Arsenal»ga 90 million yevro atrofidaga tushgani haqida xabarlar tarqalgan edi.
Qayd etish joiz, Gimaraes 2022 yildan buyon «Nyukasl» sharafini himoya qilib kelgan. U o‘tgan mavsumda jamoa safida 41 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urgan.













