Kirish Ro'yxatdan o'tish
08/08 19:00 Neftchi 5-0 Qizilqum
08/08 19:30 Bunyodkor 2-3 OKMK
08/08 20:00 Nasaf 0-0 Qo‘qon-1912

Bruno Gimaraes «Arsenal»da ham 39-raqamda o‘ynashining sababini tushuntirdi

Bruno Gimaraes «Arsenal»da ham 39-raqamda o‘ynashining sababini tushuntirdi

Baho:
+ | -

«Arsenal»ning yangi futbolchisi Bruno Gimaraes London klubiga o‘tganidan so‘ng nega 39-raqamli futbolkada o‘ynashda davom etishini tushuntirdi.

«Bu raqam men uchun juda katta ahamiyatga ega. Hatto 39 raqami tushirilgan tatuirovkam ham bor. Otam Braziliyada 20 yildan ortiq vaqt taksichi bo‘lib ishlagan. Taksi oilamizga barcha narsani — uy-joy, oziq-ovqat va kiyim-kechakni ta’minlab berdi. Braziliyadagi klub bilan birinchi professional shartnomamni imzolash imkoniyati paydo bo‘lganida, otamdan qaysi raqamni tanlashim kerakligini so‘radim. U esa: “39”, deb javob berdi», — deya Gimaraesning so‘zlarini keltiradi «Arsenal» matbuot xizmati.

«Arsenal» 8 avgust kuni braziliyalik yarim himoyachining transferini rasman e’lon qildi. Gimaraes London klubi bilan to‘rt yillik shartnoma imzoladi.

Avvalroq OAVda futbolchining transferi «kanonirlar»ga 90 million yevro atrofidaga tushgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Kiritildi: 17:53, 08.08.2026.
O'qildi: 966 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик