«Tottenxem» «Manchester Siti» braziliyalik vingeri Savinyoni transfer qilish bo‘yicha kelishuvga yaqin turibdi. Transfer qiymati taxminan 70 million yevroni tashkil qilishi mumkin.
Goal ma’lumotiga ko‘ra, London klubi yaqin vaqt ichida bitimni rasmiylashtirishni va Savinyoni yozgi transfer oynasidagi jamoaning yettinchi yangi futbolchisiga aylantirishni rejalashtirmoqda.
Biroq «Manchester Siti» hozircha futbolchining ketishiga yakuniy rozilik bermagan. Manchesterliklar avval tarkibdan ketishi kutilayotgan Savinyoga munosib o‘rinbosar topishni istamoqda.
Qayd etish joiz, «Tottenxem» joriy yozgi transferlar oynasida futbolchilar xaridi uchun hozirga qadar taxminan 270 million yevro sarfladi.













