Kirish Ro'yxatdan o'tish
31/08 00:30 Selta 0-2 Atletik Bilbao
31/08 21:30 Lechche 0-4 Roma
31/08 22:30 Osasuna 1-0 Xetafe
31/08 23:45 Atalanta 1-0 Bolonya
01/09 00:00 Aston Villa 0-1 Arsenal
01/09 00:30 Barselona - Rayo Valyekano

«Inter» Avstraliyada «Yuventus»ni mag‘lub etdi

«Inter» Avstraliyada «Yuventus»ni mag‘lub etdi

Baho:
+ | -

«Yuventus» va «Inter» Avstraliyada o‘tkazilgan o‘rtoqlik uchrashuvida maydonga tushdi. Qiziqarli kechgan bahsda «Inter» 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Uchrashuvda hisob 20-daqiqada ochildi. Federiko Dimarko himoyachi qarshiligiga qaramay, jarima maydoni tashqarisidan zarba berdi va to‘p uzoq burchakdan joy oldi.

64-daqiqada «Inter» ikkinchi golini urdi. Andi Diuf darvozabon bilan birga-bir vaziyatda to‘pni darvoza tomon yo‘lladi. To‘p ustunga tegib, rikoshet orqali to‘rga kirdi.

Uchrashuv yakuniga 5 daqiqa qolganida «Yuventus» hisobni qisqartirdi. «Inter» himoyasidagi xatodan so‘ng Fransishku Konseysau darvozabon bilan birga-bir chiqib, to‘pni «to‘qqizlik»ka joyladi.

Shu tariqa, «Inter» o‘rtoqlik uchrashuvida «Yuventus» ustidan 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Kiritildi: 19:09, 08.08.2026.
O'qildi: 1337 marta.
Fikrlar: 0 ta.

Eng ko'p o'qilgan yangiliklar


Asosiy saxifa
© STADION.UZ
Guvohnoma №0917. Berilgan sanasi: 02.12.2013. Muassis: «OSIYO KABEL» MCHJ. Bosh muharrir: Bo‘ronov Olimxo‘ja Azimxo‘ja o‘g‘li. Tahririyat manzili: 100057, Toshkent shahri, Usta Shirin 125. E-mail: admin@stadion.uz
Barcha huquqlar himoyalangan. Sayt materiallaridan to‘liq yoki qisman foydalanilganda veb-sayt manzili ko‘rsatilishi shart.
Blogdagi materiallar uchun blog egasi, xabarlar ostidagi fikrlar uchun foydalanuvchining o‘zi javobgar.


счётчик