«Barselona» Lionel Messining otasi Xorxening vafoti munosabati bilan uning oilasiga hamdardlik bildirdi.
Sobiq futbolchimiz va klub afsonasi Lionel Messining otasi Xorxe Messining vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildiramiz. Xorxega klubimizga bo‘lgan sadoqati hamda o‘g‘lining futbolchilik faoliyati boshlanishi va eng shonli yillarini bizga ishonib topshirgani uchun minnatdorchilik bildiramiz. Ruhi shod bo‘lsin, - deyiladi kataloniyaliklar xabarida.
Xorxe Messining vafoti haqida 8 avgust kuni kunduzi ma’lum bo‘ldi — xabar berilishicha, u uzoq davom etgan xastalikdan so‘ng vafot etgan.













