Turinning «Yuventus» klubi sobiq himoyachisi Mark Yuliano hozirda Luchano Spalletti boshchilik qilayotgan klub borasida optimizm bildirdi. U mutaxassisga va umuman olganda Turin klubi rahbariyatiga to‘liq ishonch bildirmoqda.
«Menda juda yaxshi taassurotlar bor, yaqinda kichik furshet vaqtida «Yuventus» rahbariyati bilan ko‘rishdim. Karnevali, Massara, Ottolini va, albatta, Spalletti menga juda ma’qul keldi. Ushbu rahbariyat menda xotirjamlik va «Yuventus»ga bo‘lgan ishonch tuyg‘usini uyg‘otmoqda», — deydi Yuliano derbyderbyderby.it nashriga.
O‘tgan mavsumda «Yuve» Seriya Aning yakuniy turnir jadvalida faqat oltinchi o‘rinni egallagan edi.













