Madridning «Real» klubi o‘rtoqlik o‘yinida Vengriyaning «Ferensvarosh» jamoasini o‘z maydonida mag‘lub etdi. Uchrashuv 2:1 hisobida yakunlandi.
Joze Mourinyo shogirdlari uchrashuvning 41-daqiqasida hisobni ochishdi. Arda Gyuler burchak zarbasini amalga oshirgach, to‘p Aleksis Siriyaga, so‘ng Mario Rivasga uzatildi. Rivas yiqila turib boshi bilan zarba yo‘llab, ushbu uzatmani muvaffaqiyatli yakunladi. 48-daqiqada Karlos Espi Federiko Valverdening uzatmasini darvozaning o‘ng pastki burchagiga yo‘naltirib, mehmonlarning ustunligini ikki barobarga oshirdi.
57-daqiqada mezbonlar o‘zlarining yagona golini urishdi. Zaxariassenning o‘ng qanotdan uzatgan to‘pini Xyoysen qaytarmadi, Ryudiger esa to‘pga birinchi bo‘lib yetib bora olmadi va Kenan Kodro yakuniy hisobni o‘rnatdi.
«Real»ning oldinda «Deportivo» va «Shalke 04» jamoalariga qarshi o‘rtoqlik o‘yinlari rejalashtirilgan.













