«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik yarim himoyachi Meyson Mauntning almashtirilishi bo‘yicha izoh berdi. Futbolchi Gyoteborgda «PSJ»ga qarshi kechgan mavsumoldi o‘rtoqlik uchrashuvida angliyaliklarning asosiy tarkibida maydonga tushgan, ammo o‘yin boshlanganidan 20 daqiqa o‘tar-o‘tmas maydonni tark etgan edi.
«U oyog‘idan zarba oldi. Biz shunchaki ehtiyotkorlik chorasini ko‘rib, uni asrashga qaror qildik. Hozirgacha jiddiy jarohatlarsiz o‘tayotgan edik, shu sababli tavakkal qilmaslikni lozim topdik», — deydi Kerrikning so‘zlarini Football365 nashri keltirib.
Almashtirilgach, Maunt mustaqil ravishda tribuna ostidagi xonaga yo‘l olgan. Keyinchalik paydo bo‘lgan videoda futbolchining hech qanday muammosiz klub avtobusi tomon ketayotganini ko‘rish mumkin.
2023 yilda «Chelsi»dan o‘tganidan beri Maunt jarohatlar sabab 400 kunga yaqin vaqtni o‘tkazib yubordi.













