«Barselona» bosh murabbiyi Xans-Diter Flik markaziy himoyachi Ronald Arauxoning jamoadan ketishi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi. Urugvaylik futbolchi faoliyatini «Liverpul»da davom ettiradi — Angliya klubi bilan ijara bo‘yicha kelishuvga erishilgan.
«Arauxo — yaxshi futbolchi va yaxshi inson. U juda tezkor va jismonan baquvvat himoyachi. Afsuski, biz uni o‘zimiz xohlagandek jamoaga integrasiya qila olmadik», — deydi Flikning intervyusidan olingan so‘zlarni Barca Universal nashri keltirib.
Bitimga futbolchini to‘liq sotib olish huquqi ham kiritilgan. Mersisaydliklar ijara davrida Arauxoning butun maoshini to‘lab berishadi.













